Yangiliklar
Yangiliklar
2024-06-25
✔️Xabar berganimizdek, bugun Urganch shahar "Ishga marhamat" monomarkazida O'zbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi Xorazm viloyat hududiy bo'limi tashabbusi bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi hamkorligida nogironligi bo'lgan fuqarolar bandligini ta'minlashga qaratilgan seminar bo'lib o'tdi.
Unda Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Aholi bandligi, ishsizlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'limi bosh mutaxassisi Orifjon Qilichev ishtirok etdi.
✅Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda kechdi.Unda fuqarolar o'zlarini qiynayotgan muammoli masalalari bilan murojaat qilib, mas'ullardan javob oldilar
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati