Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT

error

2024-07-07

Ijtimoiy tarmoqlarda "6 oydan beri oylik olmadik" mazmunida xabar tarqaldi.


Unda Xorazm yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlari joriy yil yanvar oyidan beri oylik maosh to'lanmayotganligidan shikoyat qilgan.


Xorazm viloyati Transport boshqarmasi bergan rasmiy munosabatda "tasdiqlangan shtat jadvaliga asosan, “Xorazm Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” davlat muassasasi xodimlarining oylik maoshlarini to‘lab berish maqsadida Transport vazirligi, Moliya vazirligi hamda viloyat moliya boshqarmasi bilan amaliy ishlar olib borilib,barcha hisob-kitoblar Moliya vazirligiga taqdim etilganligini hamda barcha xodimlarga oylik maoshidan qarzdorligi iyun oyiga qadar bartaraf etilishini bildirgan. 


Ammo, bizga kelgan ma'lumotlar asosida mehnatga haq to'lanmasdan kelinayotganligi holatiga oydinlik kiritish yuzasidan Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tomonidan o'rganish ishlari boshlanganligini ma'lum qilamiz.


Xizmat tekshiruvi yakuniy natijasi yuzasidan qo'shimcha axborot taqdim etiladi.


🇺🇿Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati