Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

BOSH BOSHQARMA BOSHLIG’INING YOSHLARGA TABRIGI

error

2024-06-29

BOSH BOSHQARMA BOSHLIG’INING YOSHLARGA TABRIGI

Yoshlar – har bir yurt va millatning boyligi, buyuk salohiyati hamda kuch-qudrati manbaidir. Shu bois ham mamlakatimizda yoshlar kelajakda komil inson bo‘lib voyaga yetishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.

Bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir.

Bandlik sohasi yosh xodimlari Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan o‘qib, o‘z ustida ishlab sohani yangi darajaga ko‘tarish uchun kuch-g‘ayratini ayamasdan harakat qilishiga ishonaman.

Umid qilamanki, Prezidentimizning yoshlarga bildirayotgan yuksak ishonchini oqlash uchun imkoniyatlardan unumli foydalanib, yanada ko‘proq o‘qib-izlanib, zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirib, yurtimizni rivojlantirishda o‘z g‘oyalaringiz bilan faol qatnashasiz.

30-iyun — "Yoshlar kuni" bilan Yangi O‘zbekistonning ertasi bo‘lgan barcha yoshlarni samimiy muborakbod etaman! Sizlarga kuch-quvvat va ulkan zafarlar tilayman.

 Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i Z.Ollakuliyev

 Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati