Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

BOSH BOSHQARMA BOSHLIG’I JANUBIY KOREYADA

error

2024-07-04

BOSH BOSHQARMA BOSHLIG’I JANUBIY KOREYADA

Shu kunlarda Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mas'ullari Janubiy Koreyada bo'lib turishibdi. Delegatsiya tarkibida Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i Z.Ollakuliyev  ham bor.                                                     

Tashrif davomida mas'ullar Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) loyihasi doirasida Janubiy Koreya Savdo-sanoat Palatasi tomonidan tashkil etilgan  "Koreyaning kasbiy ta'lim siyosati va HRD tendensiyalariga asoslangan ta'lim faoliyatining eng yaxshi amaliyotlari" mavzusidagi  treningda ishtirok etishdi.


Maqsad, KOICA bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan Urganch kasb-hunarga o'qitish markazi hamda Toshkent shahar Milliy texnik malakani baholash va o'qituvchilar malakasini oshirish markazlari faoliyatini yo'lga qo'yishda Koreya kasb-hunar ta'limi siyosatidagi o'zgarishlar, yo'nalishlar hamda tajribalarni o'rganishdan iborat.

 Trening davomida Koreyadagi kasb-hunar ta'limi va malaka oshirish tizimining hozirgi holati va muammolari, Koreyaning iqtisodiy rivojlanishi to'g'risida ma'lumot berildi.Takliflar o‘rtaga tashlanib, kelgusida ayni yo‘nalishda birgalikda ishlashga kelishib olindi.


 Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati