Yangiliklar
Yangiliklar
2024-07-05
KOREYA TAJRIBASI O’ZBEKISTONDA JORIY QILINADI
Xabar berganimizdek, Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig’I vazirlik mas'ullaridan iborat delegatsiya tarkibida Janubiy Koreyada bo'lib turishibdi.
Tashrif davomida , "Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (SEUL)" markazida ham bo'lishdi. U yerda ham kompaniyalar, ham ishchilar uchun inson resurslarini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlovchi dasturlar, ta'lim, milliy kompetensiya standartlari(NCS), milliy malaka, chet-elda ishga joylashish va malakali texnik ko'nikmalarni rag'batlantirish, chet-el ishchilarini qo'llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar o'rganildi.
Bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni Koreya tajribasi asosida, O'zbekistonda joriy qilish ko'zda tutilgan.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati