Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

“MANFAATLAR TOʻQNASHUVI TOʻGʻRISIDA”GI QONUN IJROSINI YUZASIDAN O’QUV SEMINARLARI O’TKAZILDI

error

2024-07-09

“MANFAATLAR TOʻQNASHUVI TOʻGʻRISIDA”GI QONUN IJROSINI YUZASIDAN O’QUV SEMINARLARI O’TKAZILDI

Manfaatlar toʻqnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatayotgan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyat.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-210-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Komplayens nazorat bosh mutaxassisi Z.Xodjayev tomonidan viloyatimizdagi barcha tuman-shahar Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limlari hamda Urganch “Ishga marhamat” monomarkazi, kasb-hunar markazlarida seminar o’tkazildi.



 

Ushbu targ’ibotlar orqali xodimlarda manfaatlar to’qnashuvining turlari va shakllari borasida tushuncha hosil qilinib, moliyaviy, huquqiy va obro’ga ta’sir qiluvchi xavflari to’g’risida ma’lumot berildi hamda uni tartibga solish, aniqlash va oldini olish borasida qilishini lozim bo’lgan ishlar aniq misollar yordamida ko’rsatib berildi.

 

Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati