Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

MATBUOT ANJUMANI 12.07.2024

error

2024-07-12

 MATBUOT ANJUMANI  

Bugun Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.Unda yig'ilganlarga joriy yilning o'tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, ko'rsatkichlar, istiqboldagi rejalar va vazifalar haqida ma'lumot berildi.


📌Ta'kidlandiki: joriy yil shu davriga qadar 173,1 ming nafar  (6 oylik rejaga nisbatan 124,8 %) aholi daromadli mehnat bilan taʼminlandi.

Ish bilan band boʻlmagan 8950 nafar fuqarolar kasb-hunar, tadbirkorlik koʻnikmalariga o’qitildi. (91.1%)

Joriy yilning o’tgan 6 oyida 4256 nafar fuqarolar jamoat ishlariga jalb qilingan bo’lib, ularga Jamoat ishlari jamg’armasi mablag’lari hisobidan 3 mlrd 974 mln 406 ming so’m ish haqlari to’lab berildi.

Shuningdek, 1 ming 572 nafar fuqarolarga 8 mlrd

141 ming soʻmlik subsidiya mablagʻlari ajratildi. Xususan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 1030 nafar ishsiz ayollarga

5,4 mlrd.soʻm hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 542 nafar ishsiz yoshlarga 2,6 mlrd.soʻm subsidiya mablagʻlari ajratildi.

Davlat nazorat inspektorlari tomonidan  aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish va nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan 501 ta tashkilotlarda monitoring tekshirishlar o‘tkazilib, 715 ta qonunbuzilishlar aniqlandi. Mansabdor shaxslarga 749 mln 810 ming so’m  miqdorida jarimalar qo‘llanildi va undirilishi ta’minlandi .


 

Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati