Yangiliklar
Yangiliklar
2024-07-14
“Sal kam 20 nafar odamning ish haqlari berilmadi, shu sabab ishni to’xtadik bino chala qoldi” mazmunida tarqalgan xabar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining haqli e’tirozlariga sabab bo’ldi.
Unda joriy yilning mart-iyun oylarida Yangibozor tuman sudi binosining qurilish ishlarida ishlagan ishchilar quruvchi korxona tomonidan bugungi kunga qadar oylik maoshi toʻlab berilmagani toʻgʻrisida shikoyat qilishgan.
Ushbu holat yuzasidan Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan qonunda belgilangan tartibda o'rganish ishlari boshlanganini ma'lum qilamiz.
✅Xizmat tekshiruvi yakuniy natijasi yuzasidan qo'shimcha axborot beriladi.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik bosh boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing