Yangiliklar
Yangiliklar
2024-07-24
Migrant bandligi taʼminlandi
Hazorasp tumanidagi Boʻston mahallasida yashovchi Sirojbek Egamberdiyev Rossiya Federatsiyasi Volgograd viloyatida ishlardi. Yurt va oilasi sogʻinchi uni oʻzi tugʻilib oʻsgan yurtiga qaytardi.
Hokim yordamchisi Shuxrat Jumaniyazov Sirojbekning Hazoraspga qaytganini eshitgach u bilan uchrashdi va bandligini taʼminlash masalasida bir nechta takliflar berdi.
Kredit olib, “Xoqon” tarashalash uyini yaʼni erkaklar salonini ochish taklifi Sirojbekga maʼqul boʻldi va uning bandligi taʼminlandi.
-Men hozirda oʻz tadbirkorligimni yoʻlga qoʻydim. Kuniga 200-300 ming soʻm daromad topmoqdaman. Bir nafar shogirdim bor. Yaratilgan bu imkoniyatlardan xursandman. Eng asosiysi oilam bagʻridaman. Maqsadim ushbu tadbirkorligimni yanada kengaytirish,-deydi Sirojbek Egamberdiyev.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati