Yangiliklar
Yangiliklar
2024-08-16
O'ZBEKISTON 33 YOSHDA
Mustaqilligimizning 33 yillik shodiyonasini munosib kutib olish maqsadida Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida "Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz shiori ostida tadbir o'tkazildi.
Unga honanda Shahzodbek Rajabov hamda havaskor shoir Azizbek Rózimboyev, shuningdek, nuroniylar taklif etildi.So'zga chiqqanlar hozirgi dorilomon kunlarga oson erishilmaganligi, bunga shukronalik bildirishimiz kerakligi haqida so'z yuritib, olib borilayotgan islohotlarning bari mustaqillik sharofati bilan bo'layotgani ta'kidlandi.Vatan madh etilgan she'rlar o'qildi, qo'shiqlar ijro etildi va yig'ilganlarga bayramona kayfiyat ulashildi.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi barcha yurtdoshlarimizni eng ulug' , eng aziz bayram mustaqilligimizning 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo'lsin.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati