Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

XODIMLARINI "OPEN BUDJET"GA OVOZ YIGʻISHGA MAJBURLAGAN MANSABDORLARGA QANDAY CHORA KOʻRILADI?

error

2024-08-19

XODIMLARINI "OPEN BUDJET"GA OVOZ YIGʻISHGA MAJBURLAGAN MANSABDORLARGA QANDAY CHORA KOʻRILADI?

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-117-son qarori 6-bandiga asosan, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida budjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yigʻish boʻyicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bu majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi.

 

Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan majburiy mehnat taqiqlangan. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 51-moddasiga  muvofiq mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

 

Xuddi shu harakat takroran yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 148²-moddasiga  asosan javobgarlikka tortiladi. 

 

Ovoz berish jarayonlarida kabi Qonun buzilish holatlari kuzatilganida Xorazm viloyati kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining (62-224-12-23) ishonch raqamiga qoʻngʻiroq qilishingizni soʻraymiz.

 

Xorazm viloyati kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati