Yangiliklar
Yangiliklar
2024-09-13
#press-tur
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan OAV vakillari, jurnalist, blogerlar uchun Tuproqqal'a kasb-hunarga o'qitish markaziga press-tur tashkil etildi.
🤝 Unda qatnashgan OAV vakillariga markaz faoliyati haqida to'liq ma'lumot berildi.Ta'kidlandiki: 2024-yilning oʻtgan 8 oy davomida 620 nafar ish bilan band boʻlmagan fuqarolar kasbga oʻqitilib, 512 nafari, yaʼni 82 % ning bandligi taʼminlangan.
✅Xususan, 343 nafari doimiy ishlarga joylashtirilgan bo'lsa, 161 nafari oʻz-oʻzini band qilgan.8 nafari yakka tartibdagi tadbirkor sifatida oʻz faoliyatini boshlagan.
✅Hozirgi kunda markazda mavjud 8 ta yoʻnalish (https://telegra.ph/Yonalishlar-09-13) bo'yicha 264 nafar ishsiz va band boʻlmagan fuqarolar qisqa muddatli kasb-hunarga oʻqitilmoqda.
➡️ Shundan, 12 nafarini nogironligi boʻlgan fuqarolar tashkil qiladi.
✅Joriy yilning oʻtgan 8 oyi davomida markazda 126 nafar ish bilan band boʻlgan fuqarolar toʻlov shartnoma (kontrakt) asosida qisqa muddatli kasblarga va xorijiy tillarga oʻqitilgan.
Press-tur davomida jurnalist-blogerlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi. Markaz tinglovchilari bilan samimiy suhbatlashib, o'qish jarayonlari, yaratilgan sharoitlar haqidagi fikrlarini tingladilar.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati