Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

"Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

error

2024-10-05

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-sonli Farmoniga muvofiq, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish boʻyicha ishlarni davom ettirish maqsadida har bir viloyatda “Rahbar va yosh xodimlar”, “Tadbirkorlar va yoshlar” “Deputat va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etilmoqda.Belgilangan reja grafikka asosan, bugun Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida "Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo'lib o'tdi.


 Unda Oliy majlis senati a'zosi F.Sadullayeva, Xalq deputatlari Urganch shahar kengashi kotibiyat mudiri, Urganch shahar deputati D.Jumaniyazov , Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod, Urganch shahar xotin-qizlar qo'mitasi raisi B.Berdiyeva hamda bandlik tizimi yoshlari, faol hokim yordamchilari ishtirok etdilar.

 Qizg‘in, samimiy ruhda o'tgan uchrashuvda  yig'ilganlarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ish faoliyati, qonunlarni qabul qilish jarayonlari, bo'lib o'tayotgan saylovchilar bilan uchrashuvlar xususida  batafsil ma'lumot berildi. Fikr va mulohazalarga boy uchrashuv so‘nggida yoshlarning savollariga deputatlar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

 Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati