Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

VAZIR XORAZM VILOYATIDA

error

2024-10-08

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Botir Zohidov xizmat safari bilan Xorazm viloyatida boʻldi.

Vazir boshchiligidagi ishchi guruh  viloyatning 6 ta tumanida boʻlib, aholini kambagʻallikdan chiqarish, bandligini taʼminlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrgandi.

Jumladan, viloyatdagi "Jaloil", ”Sobirzon“, “Uygʻur“ , ”Mustaqillik", ”Gʻovuk“ va “Oyoqbogʻ” mahallalarida hokim yordamchilari koʻmagida amalga oshirilayotgan kichik mikro loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Oʻz navbatida yuqorida keltirilgan mahallalardagi ijtimoiy ahvoli ogʻir oilalar holati joyiga chiqib oʻrganildi. Ushbu oilalarni kambagʻallikdan chiqarish maqsadida oʻqishlarini tashkil qilish, tadbirkorlik va dehqonchilik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan fuqarolarga kredit hamda subsidiyalar ajratish boʻyicha kerakli koʻrsatma va tavsiyalar berildi. 

Shuningdek,  vazir Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOІCA) ishtirokida barpo etilayotgan Urganch kasb-hunarga oʻqitish markazining qurilish jarayonlarini koʻzdan kechirdi.  Mazkur markaz 2025-yil may oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

 Xorazm viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati