Yangiliklar
Yangiliklar
2024-10-10
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Hokim o‘rinbosari majburiy mehnatga undayapti" mazmunidagi xabar bo'yicha Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiya tomonidan Bog‘ot tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limida xodimlarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlash hamda majburiy mehnatga jalb qilish holati yuzasidan o'rganish o'tkazildi.
O‘rganish natijasi yuzasidan shuni ma'lum qilamizki, Bog‘ot tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Alimova tomonidan qo‘l ostidagi xodimlarga o‘z xizmat vazifalariga kirmaydigan vazifalarni berganlik, biron-bir jazoni qo‘llash tahdidi orqali majburiy mehnatga jalb qilganlik holati o‘z tasdig‘ini topmadi.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati