Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

"Aholi bandligini taʼminlash - aholi turmush darajasini oshirishning muhim omili"

error

2024-10-30

Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida "Aholi bandligini taʼminlash - aholi turmush darajasini oshirishning muhim omili" mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi.

Unda ishtirokchilarga o'tgan 9 oy davomida Bosh boshqarma hamda uning hududiy bo'limlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot berildi.


Ta'kidlandiki, 2024-yil 1- yanvardan buyon jami 236 492 ming nafar  (9 oylik rejaga nisbatan 121%) aholi daromadli mehnat bilan taʼminlandi. Shundan, investitsiya loyihalarini ishga tushirish orqali 3938  ta, xizmat koʻrsatish va tadbirkorlik sohasida 83 944 ta, qishloq xoʻjaligida 139 828  ta, qurilish sohasida 8782 ta.149,8 ming nafar aholi tadbirkorlikka jalb qilindi. Oʻzini-oʻzi band qilish hisobiga 113,9 ming, YATT  hisobiga 8,6 ming, yangi korxonalar tashkil etish orqali 5,6 ming, dehqon xoʻjaliklari hisobiga 21,7 ming aholi oʻz biznesini boshladi.

Yanvar-sentabr oylarida ish bilan band boʻlmagan 15 602 nafar fuqarolar kasb-hunar, tadbirkorlik koʻnikmalariga o’qitilgan (rejaga nisbatan 91%) Shundan yoshlar 6099, ayollar 13 848 nafarni tashkil qiladi.

Joriy yilning o‘tgan 9 oyida 5 401 nafar fuqarolar jamoat ishlariga jalb qilingan bo’lib, ularga Jamoat ishlari jamg’armasi mablag’lari hisobidan 5 mlrd 190 mln 800 ming so’m ish haqlari to'lab berilgan. 

Viloyat Davlat nazorat inspektorlari tomonidan tashkilotlarida aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish va nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik xujjatlariga rioya etilishi yuzasidan 690 ta tashkilotlarda monitoring tekshirishlar o‘tkazilib, 945 ta qonunbuzilishlar aniqlandi. Mansabdor shaxslarga 1 mlrd 050 mln 030 ming so’m  miqdoridagi jarimalar qo‘llanildi.

Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati