Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

VILOYAT DAVLAT MEHNAT INSPEKSIYASI XODIMLARI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA

error

2024-11-06

VILOYAT DAVLAT MEHNAT INSPEKSIYASI XODIMLARI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETIDA

Joriy yilning 6-noyabr kuni Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan Urganch davlat universiteti talabalari oʻrtasida ogʻir turdagi mehnat jarayonlariga bolalarni majburan jalb etish holatlariga barham berish va bu borada aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida targʻibot tadbiri tashkil qilindi. 


Unda  viloyat Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig'i H.Sitchanov, Davlat mehnat inspeksiyasi inspektorlari O.O'rinov, U.Javakov, Davlat mehnat huquq inspektori K.Nurullayeva  ishtirok etib, bolalarni majburiy mehnatga jalb etilishining salbiy oqibatlari, bunday holatlarning oldini olish yuzasidan so'z yuritib, bolalar orasida mehnat qonunchiligi va majburiy mehnatga barham berish bo'yicha o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

 

Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati