Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT

error

2024-11-28

Ijtimoiy tarmoqlarda "Hech qaysi maktab menga dars bermayapti" mazmunida xabarlar tarqaldi.

Unda murojaatchi, Gurlanlik fuqaro Umida Sobirova Urganch Davlat universitetining Kimyo yo'nalishini tamomlagani, biroq ish topa olmayotganini bildirgan.

Ushbu holat yuzasidan shuni ma'lum qilamizki, fuqaroning mutaxassisligi bo‘yicha hozirgi kunda Gurlan tumanida vakant bo'sh ish o'rinlari yo'qligi sababli, fuqaroga "Aholi bandligi to'g'risida"gi qonunning 13-moddasiga asosan tumanda mavjud boshqa bo'sh ish o'rinlari taklif qilindi.

Jumladan, tekstil fabrikalarida ishlash taklifi berilganida, fuqaro  ishlamasligini aytib, rad qildi.

Dekabr oyining 5-sanasidan keyin tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi  xodimlari fuqaro bilan  bog‘lanib, yangi vakansiyalar bilan tanishtirilishiga kelishib olindi.Fuqaro bu tushuntirishdan e’tirozi yo‘qliqini bildirdi.

Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati