Yangiliklar
Yangiliklar
2024-12-06
Urganch shahar “Ishga marhamat” monomarkazida viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi,🌍Migratsiya agentligi Xorazm viloyat filiali hamkorligida “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi” mavzusida maʼrifiy suhbat va davra uchrashuvi o'tkazildi.




✅Unda Hamid Sitchanov — viloyat kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi boshligʻi;
✅Shaydoxon Otaxonova — viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi bosh yuriskonsulti ishtirok etishdi.
Ushrashuv davomida tinglovchilar va markaz xodimlariga Konstitutsiyada belgilangan mehnat huquqlari hamda Mehnat kodeksida belgilangan xodimlarning ijimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlari yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati