Yangiliklar
Yangiliklar
2024-12-27
Ijtimoiy tarmoqlarda “Farzandim soat 18 dan 8 gacha ishlaydi. Bu majburiy mehnat emasmi?” sarlavhali xabarlar tarqaldi.
Unda ism familiyasi keltirilmagan murojaatchi ona farzandi “Xorazm suv taʼminoti” MCHJ da mashinist boʻlib ishlashini, vazifasi nasos qoʻshish va buzilsa uni tuzatishdan iborat ekanligini aytib, soat 18 dan ertalabki soat 8 gacha avariya ishchilari bilan ham ishlayotganidan norozi ekanligini bildirgan va u yerda ish soatiga amal qilinmayotgani, ishchilarga qishgi forma va kiyimlar ham berilmaganligi uchun ishchilar xaq-huquqini himoya qilishlarini soʻragan.
Ushbu holat yuzasidan Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan qonunda belgilangan tartibda o'rganish ishlari boshlanganini ma'lum qilamiz.
✅Xizmat tekshiruvi yakuniy natijasi yuzasidan qo'shimcha axborot taqdim etiladi.
Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati