Yangiliklar
Yangiliklar
2025-01-12
Maxsus reportaj | «KAMBAG'ALLIKDAN FAROVONLIK SARI» DASTURI AMALDA
Shahzod Safarboyev, Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati bosh mutaxassisi :
🎙Intervyu: "Kambagʻallikdan farovonlik sari dasturi” ijrosini amalga oshirish maqsadida “mahalla yettiligi” va tegishli masʼullar bilan birgalikda viloyatdagi ijtimoiy reestrda turgan kambagʻal oilalar 4 toifaga ajratildi, reestrga kirmagan kambagʻal oilalar 5-toifa sifatida belgilab olindi.
✅ Oʻrganish yakunlaridan kelib chiqib, 5123 ta kambagʻal oilalar viloyat, shahar va tumanlardagi 1024 ta rahbarlar hamda ularning oʻrinbosarlariga 5 tadan biriktirildi va “Onlayn mahalla” platformasiga kiritildi.
📝 Bugungi kunga qadar ushbu kambagʻal oilalarga 29 ming 31 ta chora-tadbirlar belgilangan boʻlib, amalda 21 ming 966 tasi bajarilgan.
📌2023-yilda viloyatimizda kambag'allik darajasi 14,1% ni tashkil etgan, 2024-yilda 7,4 % ga erishdik.
2025-yil yakuniga qadar viloyatda kambagʻallik darajasini 5,9 % ga tushirish rejalashtirilgan.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati