Yangiliklar
Yangiliklar
2025-01-20
📰"Mahalla" gazetasining 18.01.2025 yildagi 4-sonida Faxriddin JUMANIYOZOV, Xiva tumanidagi “Sapcha” mahallasi hokim yordamchisi haqida maqola e’lon qilindi.
Xususan, unda shunday deyiladi: - hududda 3 ming 253 nafar aholi istiqomat qiladi. “Drayver” — bogʻdorchilik va dehqonchilik. Keyingi paytda tadbirkorlik yoʻnalishi qoʻshimcha oʻsish nuqtamizga aylanib boryapti. Xizmat koʻrsatish, kasanachilikda yangi tashabbuslar ilgari surilyapti. Misol uchun, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi asosida Ibrohimovlar oilasiga 50 million soʻm ajratilgan edi. Bu mablagʻ evaziga non va non mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona tashkil etildi. Natijada oilaning 5 nafar aʼzosi va mahalladagi 15 nafar ishsiz xotin-qizning bandligi taʼminlandi. Mahsulotlarga talab ortgani uchun qoʻshimcha 100 million soʻm kredit berildi. Pirovardida yana 6 nafar xotin-qiz ishga joylandi.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati