Yangiliklar
Yangiliklar
2025-01-23
MATBUOT ANJUMANI TASHKIL ETILDI
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan "2024-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2025-yildagi vazifalar" mavzusida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi.
Unda Xorazm hamda TTV telekanallari jamoasi,🖌 AOKA Xorazm viloyati boshqarmasi mutaxassisi N.Pirmetov, erkin blogerlar: @antikorruz maxsus muhbiri Q.Eshjonov, H.Tangisheva hamda G.Temirovalar ishtirok etishdi.
✅ Anjumanda boshqarma tomonidan o‘tgan yil davomida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan loyihalar, bandlik dasturlari va bu bo'yicha qabul qilingan yangi qarorlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
✅Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi 5-sonli qaroriga asosan Xorazm viloyatida 249 240 nafar aholini doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlarga jalb etib, bandligini ta'minlash dasturi reja qilib berilganligi, yanvar-dekabr oylari holatiga esa 290 220 nafar aholi bandligi ta'minlanib, rejaga nisbatan 116% ga erishilganligi ta'kidlandi. Shuningdek, 2025-yil 17-yanvardagi O'RQ 12-son prezident qaroriga asosan viloyatimizda joriy yil 265 000 nafar aholi bandligini ta'minlash reja qilib olinib, bu bo'yicha ham amaliy ishlarga kirishilgan.
Anjuman so'ngida Jurnalist-blogerlar viloyatimizda bandlik sohasidagi yangiliklar va o'zgarishlarni jamoatchilikka yetkazish, yutuq va natijalarini OAV orqali keng yoritishda hamkorlik qilib, samarali faoliyat olib borayotganligi uchun Boshqarma boshlig'ining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
O'z o'rnida OAV vakillari doim hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati