Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

IZ BOSHQALARNI HAM GIDROPONIKA USULIDA QULUPNAY YETISHTIRISHGA O'RGATAMAN,O'QITAMAN, TAYYORLAYMAN DESANGIZ MEN SIZ BILAN SHARTNOMA TUZAMAN

error

2025-01-29

 SIZ BOSHQALARNI HAM GIDROPONIKA USULIDA QULUPNAY YETISHTIRISHGA O'RGATAMAN,O'QITAMAN, TAYYORLAYMAN DESANGIZ MEN SIZ BILAN SHARTNOMA TUZAMAN

 Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i aholi bandligini ta'minlash,tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag'allikdan chiqarish, yangi ish o'rinlarini yaratish borasidagi ishlarni ko'zdan kechirish maqsadida Hazorasp tumanida bo'lib, mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni yaqindan o'rgandi.

 📍Xususan, tumanning Yangibozor MFY da yashovchi Ixtiyor Madrimov xonadoniga borib, issiqxonasida gidroponika usulida qulupnay yetishtirish jarayoni bilan tanishdi.

Boshqarma boshlig'i Ixtiyor akaga ushbu usulda  qulupnay yetishtirish tajribasini boshqalarga ham o'rgatish taklifini berdi va buning uchun u bilan shartnoma tuzilib, to'lov qilinishini ham tushuntirdi.Ushbu kelishuv nafaqat shu mahalla balki keyinchalik butun tuman va viloyat miqyosida barcha fasllarda qulupnayni gidroponika usulida yetishtirish imkonini yaratishi va ishsiz fuqarolarning bandligi ta'minlanishi, daromad topishi va kambag'allik qisqarishi bilan ahamiyatlidir. 

Shuningdek, tumanda migrantlarni yurtga qaytarish va shu yerda ishga joylash borasida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.Misol uchun "Ishchi" mahallasida yashovchi Surojbek Ahmedov 15 yil davomida Rossiya davlatida oshpaz bo'lib ishlagan. Hokim yordamchisi videomuloqot orqali suhbatlashib, yurtimizda yaratib berilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar bilan tanishtiradi."Har bir oila tadbirkor" dasturi doirasida imtiyozli kredit ajratish evaziga restoran ochib, yurtimizda ishlash  taklifini beradi. Uni ma'qullagan Surojbek oila a'zolari bilan qaytib kelib, "Best food" nomi ostida restoran ochib, fast food taomlari bilan xalqimizga xizmat qilmoqda.


 Boshqarma boshlig'i fuqarolar bilan suhbatlashar ekan odamlarning turmush darajasini oshirish borasidagi takliflarini tingladi va tizimga doir qanday muammo bo'lsa,  tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi boshlig'iga murojaat qilishini aytib, har qanday masalaga qonunan yondashib yechim topilishini, agar viloyat darajasida bo'lsa ham ijrosini ta'minlash choralari ko'rilishini bildirdi.

 Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati