Yangiliklar
Yangiliklar
2025-04-01
🌐Ijtimoiy tarmoqlarda “Urganch xalqaro aeroportida ayollar 24 soat tinimsiz ishlashga majbur" sarlahvali xabar e'lon qilindi.
Unda “Uzbekistan Airports” AJ tasarrufidagi “Urganch xalqaro aeroporti” MCHJ direktori Matkarimov A.X. tomonidan YEXKH klinerlari majburiy mehnatga jalb qilinayotganligi aytilgan.
Shuningdek, soʻnggi toʻrt oy ichida samolyot yuvish bilan shugʻullanuvchi 8 nafar ayol 24 soat davomida uzluksiz ishlashga majburlanyapti, biroq hujjatlarda ular har 12 soatdan ishlagandek koʻrsatilyapti - deyiladi xabarda.
Ushbu holat yuzasidan Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan qonunda belgilangan tartibda o'rganish ishlari boshlanganini ma'lum qilamiz.
✅Xizmat tekshiruvi yakuniy natijasi yuzasidan qo'shimcha axborot taqdim etiladi.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati