Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

Siyosiy Qatag'on qurboni oilasi holidan xabar olindi.

error

2025-03-12

Siyosiy Qatag'on qurboni oilasi holidan xabar olindi.

 🎗Maryam Sultonmurodova  – 1905-yil 13-fevralda Xorazm viloyati Xiva shahrida tugʻilgan. 🇩🇪Germaniyada 1922-1928 yillarda taʼlim olganidan soʻng, uni „Turkiston“ josuslik tashkilotining aʼzosi deb, Jinoyat kodeksining 60-67 moddalari bilan ayblaydilar va qamoqqa oladilar. So'roq jarayonida hech qanday tashkilotga a'zo emasligini bildirganidan so'ng uni ozod qiladilar. Biroq bu jarayon koʻpga bormaydi. 1949-yil 30-martda qayta qamoqqa olinadi va Oʻzbekiston SSSR Jinoyat kodeksining 57-moddasi 1-bandi, 67-moddalari bilan aybdor deb topilib, Krasnoyarsk oʻlkasiga surgun qilinadi.

 👤Maryam Sultonmurodova SSSR Oliy Sudi tomonidan 1957-yil 2-avgustda oqlangandi. Ammo oqlanganidan keyin ham taʼqiblar davom etib, 1971-yilda vafot etgan.

  Hozirda uning aka ukalari va farzandlari olamdan o'tgan bo'lib, nevarasi hayot. Uning ham ism familiyasi MaryamSultonmurodova.📍Urganch tumani "Qiyot" mahallasida istiqomat qilishmoqda.

 Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, Urganch tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi rahbariyati hamda "Qiyot" mahallasi hokim yordamchisi ushbu xonadonda bo'lib, qatag'on qurboni Maryam Sultonmurodovani yod etishdi.

 Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati