Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

YURTIMIZDA NAVRO’Z SHUKUHI

error

2025-03-21

YURTIMIZDA NAVRO’Z SHUKUHI

 🌺Go'zal yurtimizning har bir go'shasida bo'lgani kabi, Qo'shko'pir tumani kasbiy ko'nikmalar markazida ham Navro'z bayrami tadbiri o'tkazildi. Tadbirda markaz tinglovchilari tomonidan milliylikni ifoda qiluvchi ko'rgazmalar va bahoriy taomlar namoyishi bo'lib o'tdi.


 Shuningdek, bayram tadbirida markaz xodimlari, tinglovchilar sportning arqon tortish, shaxmat, shashka va tosh ko'tarish musobaqalarida o'zaro bellashdilar.

 🌷Yashil tabiat qo'ynida tashkil qilingan bayram "Assalom Navro'z" tadbiriga ulanib ketdi.Markaz tinglovchilarining badiiy chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

🎁Tadbirda faol ishtirok etgan tinglovchilarga tashakkunoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

 Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati