Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

"Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-103-son qaror ijrosi yuzasidan seminar tashkil etildi

error

2025-03-25

📣Bugungi kunda xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb qilish va zamonaviy kasblarni oʻrgatish dolzarb masalalardan biriga aylandi. 📊Bu vazifalarni manzilli hal qilishda davlatimiz rahbarining bir qator farmon va qarorlari qabul qilindi. Jumladan, 14.03.2025 yilda qabul qilingan "Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-103-son qarorida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini hamda bandligini oshirish, tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor yoʻnalishlar belgilab berilgan.

 Bu yuzadan bugun Urganch shahridagi IT Parkda  tegishli idora tashkilotlarga belgilab berilgan topshiriq va vazifalarni amalga oshirish yuzasidan o'quv seminaribo'lib o'tdi.

 Unda Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, Bandlik dasturlarini shakillantirish va monitoring qilish bo'limi boshlig'i D.Salayev ishtirok etdi.

 Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati