Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

"KAMBAG'ALLIKDAN FAROVONLIK SARI" DASTURI AMALDA

error

2025-03-26

"KAMBAG'ALLIKDAN FAROVONLIK SARI" DASTURI AMALDA

 📍Urganch shahar Gulshan mahallasida  "Zamin speedy food" o'quv markazi ochildi.Unda ishsiz xotin-qizlar pishiriqchilik sir asrorlarini bepul o'rganishlari mumkin.

 🎙Intervyu: -1 yilda  o'quv markazda 900 nafar ishsiz xotin-qizlarni o'qitishni rejalashtirilganmiz.  Mahallamizda buncha ishsiz ayollar yo'q.Ishlar shahar miqyosida amalga oshiriladi.  O'quv kurslarini tamomlagan xotin-qizlarga sertifikat beriladi va kasanachi sifatida ishga qabul qilinadi.Bu yerda kasb-hunar o'rgangan opa-singillarimiz  ertaga o'z faoliyatlarini yo'lga qo'yishlari, bandligini ta'minlashlari, eng muhimi, oilaviy daromadiga ega bo'lishlari mumkin.

 Bunyod ASHUROV,
Urganch shahar Gulshan mahallasi hokim yordamchisi


 👤Ushbu mahallada yashovchi Umida Rajabova hokim yordamchisiga go'zallik saloni ochish niyati borligini bildirgan.Hokim yordamchisi tavsiyasi bilan "Har bir oila tadbirkor" dasturi doirasida unga 2023-yilda 30 mln so'm imtiyozli kredit ajratilib, go'zallik saloni tashkil etishda amaliy yordam berilgan edi.

  Ishini yanada kengaytirishni xohlagan tadbirkor  2024-yil oxirida yana 100 mln so'm imtiyozli kredit olib, o'z xonadonida umumiy ovqatlanish shahobchasini ham yo'lga qo'ydi. Bu orqali oila a'zolarining ham bandligi ta'minlandi.


 Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati