Yangiliklar
Yangiliklar
2025-04-07
YOSHLAR BILAN UCHRASHUV
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i Z.Ollakuliyev Gurlan sport majmuasida o'ziga biriktirilgan 36 nafar og'ir toifadagi yoshlar bilan uchrashib, muammo va takliflarini o'rgandi.Ochiq va samimiy ruhda o'tgan uchrashuvda yoshlar ishga joylashish, ijaraga yer va imtiyozli kredit olish kabi masalalarda murojaat qilishdi.
✅Xususan, N.Bobojonov bepul til kursiga o'qitilib, IT PARKda amaliyotga jalb etiladigan bo'ldi. X.Quronboyevaga Ssuda asosida pirishiqchilik asbob-uskunlari olib berilib, kasanachilik asosida bandligi ta'minlanishi rejalashtirildi.
📝Shuningdek, tadbirkorchilik qilish istagini bildirgan barcha yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish bo'yicha tavsiyanomalar beriladigan bo'ldi.
Boshqarma boshlig'i yoshlarga murojaatlarni shaxsan o'zi nazoratga olganligini va qandaydir tushunmovchiliklar yuzaga kelsa, bevosita telegram guruh yoki shaxsiy telefoni orqali o'ziga murojaat qilishlari mumkinligini bildirdi.
🔼Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning muammolari joyida hal etishili va daromad topib, hayotda o'z o'rinlariga ega bo'lishlarida poydevor vazifasini o'taydi.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati