Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

ARDA XIVADA YARMARKA

error

2025-04-16

ARDA XIVADA YARMARKA

 O'zbekiston Respublikasi prokuraturasi, viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi hamda Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamkorligida "Arda Xiva" turistik majmuasida "bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi" o'tkazildi.

 Unda Urganch, Xiva shahar, Urganch, Xiva, Yangiariq hamda Qo'shko'pir tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limlari 41 ta korxona-tashkilotlarida mavjud 788 ta bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok qilishdi.


Yarmarkada 133 nafar fuqarolarga doimiy ishga joylashish uchun, 69 nafar fuqarolarga  kasb-hunarni bepul o'rganishlari uchun yo'llanmalar berilgan bo'lsa, 281 nafari bandlikka oid maslahatlar oldi.

 Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati