Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

📍Xorazmga tashrif doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrida barpo etilgan Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazini borib ko‘rdi.

error

2025-05-02

📍Xorazmga tashrif  doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrida barpo etilgan Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazini borib ko‘rdi.

Majmua Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi – KOICA hamkorligida qurilgan bo‘lib, zamonaviy kasblar uchun zarur jihozlar, simulyatsion uskunalar keltirib o‘rnatilgan. 


⚙️Bu yerda avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, payvandchilik, yuk ko‘tarish mashinistligi, elektron va maishiy texnika ta’miri, mebelsozlik, sartaroshlik va kosmetologiya, mobilografiya hamda mehmonxona xizmati kabi 10 ta talab yuqori mutaxassislik o‘rgatiladi.

Buning uchun qariyb 2 gektar hududda zamonaviy o‘quv binolari, amaliy mashg‘ulot xonalari, 64 o‘rinli yotoqxona va boshqa yordamchi inshootlar qurilgan. Muassasa yiliga 300 nafar tinglovchini 6 oylik kasbiy tayyorgarlik kurslarida o‘qitish imkoniyatiga ega.