Yangiliklar
Yangiliklar
2025-05-07
“Axborot olish, qayta ishlash va tarqatishning huquqiy asoslari”
Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yuqoridagi mavzu doirasida o'quv seminari bo'lib o'tdi.Seminarning kirish qismini viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari M. Otajonov ochib berdi va bu kabi seminarlarning o'tkazilishi tizim xodimlarini ogohlikka chaqirishi bilan ahamiyatli ekanligini ta'kidladi.
✅Viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi Qurbonboy Qilichov so'zga chiqib, axborot erkinligi ta'minlab qo'yilgani fuqarolarga davlat organlari, jamoat tashkilotlari va boshqa subyektlardan axborot olish imkoniyatini berayotganiga to'xtaldi va tizim xodimlarini axborotni qayta ishlash va tarqatish jarayonida noto'g'ri yoki yolg'on ma'lumotlarning tarqalishining oldini olishga chaqirdi. Tadbir davomida viloyat prokuraturasi katta tergovchisi A.Po'latov axborot olish huquqi va uning chegaralariga to'xtalib, bu huquqning ba'zi hollarda cheklanishi (masalan, davlat xavfsizligi, shaxsiy ma'lumotlar va tergov sirlari himoya qilinishi) haqida so'z yuritdi.Shuningdek, viloyat adliya boshqarmasi sho‘ba boshlig‘i R.Ibragimov korrupsiya tushunchasi, uning turlari, huquqiy oqibatlari va javobgarlik masalalari bo‘yicha ma’ruza qildi.Kengash kotibi Ulug‘bek Quryazov esa Xorazm viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasi ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Tadbir fikr almashish maydoni bo'ldi. Ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mas'ullardan javob olishdi.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati