Yangiliklar
Yangiliklar
2025-05-12
🏛Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida xalqning dardi tinglanayotgan muhim uchrashuv – Respublika ishchi guruhining ommaviy sayyor qabuli bo'lib o'tdi.
🔂Qabulda Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Aholi bandligi departamenti bosh mutaxassisi Sh.Maqsudov hamda Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i Z.Ollakuliyevlar fuqarolarni qabul qilib, samimiy muloqot qilishdi.







✅Bu jarayon ayniqsa, ishsizlar, kam ta'minlanganlar, yoshlar va nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan bo'lib, ularning ehtiyojlarini tinglash va amaliy yordam ko'rsatish maqsadini ko'zlaydi.Shuningdek, tadbirda fuqarolarni mavjud bo'sh ish o'rinlari bilan tanishtirish maqsadida "bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi" ham tashkil etildi.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati