Yangiliklar
Yangiliklar
2025-05-14
📍Shovot , Gurlan, Qo'shko'pir.
✅Yuqoridagi tumanlar aholisi uchun tashkil qilingan navbatdagi sayyor qabul Shovot tumani Turkiston mahallasida joylashgan 8-son bolalar musiqa va san'at maktabi binosida bo'lib o'tdi. Unda Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mutasaddilari hamda viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i fuqarolarni qabul qilib, muammo va takliflarini tinglashdi
⚡️Maqsad har bir murojaatchining masalasiga ijobiy yechim topish.
YANGI MEHNAT MANZILI
Fuqaro Bekzod Vaisov bandlik masalasida murojaat qildi. Uning murojaati ijobiy hal etilib, Shovot tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga ishga joylashish uchun yo'llanma berildi.Bu oddiy ish, lekin har bir mehnat inson hayotini o'zgartiruvchi qadamlardan biri. Yaxshi niyat va qat'iyat bilan qilingan har bir ishning qadri baland.
Sayyor qabul – fuqarolar bilan yuzma-yuz!
Sayyor qabulda fuqarolarning bandlik, tadbirkorlik, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash va kasbga yo'naltirish bilan bog'liq masalalari o'rganilib, bir qismi ijobiy hal etildi.Muddat talab etiladiganlari tegishli tartibda nazoratga olindi.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati