Yangiliklar
Yangiliklar
2025-05-12
Respublika ishchi guruhining sayyor qabullari - bu umid nurlari, ezgulik elchilari. Bu uchrashuvlarda ko'zlar ochiladi, dardlar tinglanadi, qalblarga madad yetadi.
📹Navbatdagi sayyor qabul Hazorasp tumanidagi 13-son bolalar musiqa va san'at maktabi binosida bo'lib o'tdi.
Qabulga ish beruvchi tashkilotlar ham jalb qilinib, "bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi" tashkil qilindi.
Hayotning pastu baland yo'llarida yo'qotgan ishonchni qaytarish, yangi orzularni uyg'otish – bu qabullar maqsadi. Har bir uchrashuv – bir imkon, har bir so'z – bir tasalli, har bir qaror – bir hayot yo'li.
Hazorasp tumanida Respublika ishchi guruhi tomonidan oʼtkazilgan ommaviy sayyor qabuli davomida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” gi PQ-55-sonli qaror ijrosi yuzasidan 5 nafar fuqaroga imtiyozli kreditlar ajratilib, 33 million soʼmlik vaucherlar topshirildi.
Shuningdek, oʼzini ish bilan band qilish istagidagi 2 nafar fuqaroga mototransport, 2 nafariga motokulьtivator va xotin-qizlarga 4 ta tikuv mashinalari, jami 165 million soʼmlik asbob-uskunalari topshirildi.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati