Yangiliklar
Yangiliklar
2025-05-19
✅ Yangi davr – yangi liderlar!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-maydagi topshirig‘iga asosan, fuqarolar yig‘ini raisi saylovlarida yangi saylangan mahalla raislari uchun maxsus o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.
🗓 10 kun davom etadigan ushbu o‘quv kurslari O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Xorazm viloyati boshqarmasi hamda Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi "Fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish o'quv kurslari" hamkorligida yo‘lga qo‘yildi.
📚 Mavzu: Mahalla raislarining hokim yordamchilari bilan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalarini hamkorlikda tashkil etish mexanizmlari.
🎤 Bugungi seminarda Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi "Hokim yordamchilari faoliyatini kompleks muvofiqlashtirish va metodologik qo‘llab-quvvatlash sho‘basi boshlig‘i" D.Quramboyev o‘ziga belgilangan yuqoridagi mavzu doirasida dolzarb ma’ruza qildi.
Maqsad: Yangi saylangan mahalla raislarining boshqaruv salohiyatini oshirish, ularning tadbirkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni va aholi farovonligini taʼminlashda faol ishtirokini kuchaytirishdir.
"Mahalla – jamiyat ko‘zgusi. U qanchalik kuchli bo‘lsa, xalqning turmush sifati shunchalik yuqori bo‘ladi", – deya ta’kidladi Quramboyev.
🤝 Yangi maqsadlar sari – birgalikda!
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati