Yangiliklar
Yangiliklar
2025-06-11
Bugun vosita, ertaga barqaror daromad: Xorazmda ehtiyojmandlarga yangi hayot eshigi ochilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2024-yil 23-sentyabrdagi “Kambagʼallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʼyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-330-son Qaroriga asosan, Xorazm viloyatidagi 857 nafar ehtiyojmand fuqarolarga 892 turdagi (tikuv va overlok mashinalari, motokultivator, elektr mototsikl, muzlatkich, laptop, beton qorish qurilmalari) asbob-uskunalarni foizsiz qarz (Ssuda) asosida berish rejalashtirilgan.
🚛Joriy yilning 11-iyun kuni mazkur texnik vositalarning bir qismi belgilangan tartibda Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasiga yetkazildi va ular fuqarolarga shartnomalar asosida bosqichma-bosqich topshiriladi.
✅ Bu fuqarolar ish boshlashi, dehqonchilik bilan shugʼullanishi, kichik biznes yuritishi uchun poydevor yaratib berishi bilan ahamiyatlidir.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati