Yangiliklar
Yangiliklar
2025-07-10
#yarmarka #tafsilot
BIR YARMARKA — 150 TA BANDLIK
✅ Yoshlar bandligini ta’minlash, ularning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib kelishini qo‘llab-quvvatlash bugungi kun ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan “Karyera kuni” doirasida navbatdagi bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida tashkil etildi.
📌Yarmarkada 872 nafar bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi. Ularga tuman-shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari tomonidan 831 ta korxona-tashkilotlarda mavjud 4 273 ta bo‘sh ish o‘rni taklif qilindi.
➡️ 221 nafar yosh mutaxassislarga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berilgan bo'lsa, ularning 150 nafari bugunning o'zida ishga joylashdi.
Bu — shunchaki raqam emas, balki har bir ish o‘rni ortida yangi hayot, yangi imkoniyat, kelajakka ishonch mujassam.
🔍Muhimi, bu yarmarka — bir kunlik tadbir emas, balki minglab yoshlarga hayot yo‘lini topishda ko‘prik bo‘layotgan tizimli harakatning bir bo‘lagidir.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati