Yangiliklar
Yangiliklar
2025-07-10
DASTLABKI MUNOSABAT
“Men bexabar nomimga ish haqlari hisoblashgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda yuqoridagi sarlavhali xabar e’lon qilindi.Unda murojaatchi
Xorazm viloyati, Xiva shahri, Qiyot MFYda yashovchi fuqaro Bekchanov Joʻshqin
Maxsud oʻgʻli 2-guruh nogironi ekanligi, hozir ishsiz bo’lsada, 2025-yil fevral
oyidan buyon uni ogohlantirmasdan roziligisiz, nomaʼlum shaxslar tomonidan shaxsiy
maʼlumotlaridan noqonuniy foydalanilib, turli MCHJlarga ishga joylashtirish
holati amalga oshirilganligi bildirgan.
“-…hozirgi kungacha menga jami 5 ta soxta ish haqlari hisoblangan. Ushbu
holat (my.soliq.uz va my.gov.uz platformalarida) ham aks etgan” – deyiladi xabarda.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Xorazm viloyati Kambag’allikni qisqartirish
va bandlik boshqarmasi tomonidan o’rganish boshlanganligini ma’lum qilamiz.
O’rganish yakuni bo’yicha qo’shimcha axborot beriladi.