Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

"DOLZARB 90 KUN" — YoSHLAR BANDLIGI VA FAOLLIGI SARI BOSQICH

error

2025-07-11

"DOLZARB 90 KUN" — YoSHLAR BANDLIGI VA FAOLLIGI SARI BOSQICH

 🟢Yoshlarga qaratilgan tizimli yondashuv davom etmoqda. Bugun  “Dolzarb 90 kun” tashabbusi doirasida Urganch shahri, Yangiariq, Xiva, Shovot, Gurlan, Hazorasp hamda Tuproqqalʼa tumanlarida navbatdagi mehnat yarmarkalari tashkil etildi.

📌Mazkur yarmarkalarning asosiy maqsadi — yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni ijtimoiy foydali faoliyatga jalb qilish, kasb-hunar egallashga, mustaqil mehnat qilishga yoʻnaltirishdir.

📊 Yarmarkalarda 295 ta tashkilotlarda mavjud 2 096 ta boʻsh ish oʻrni taklif etildi. 239 nafar fuqaro ishtirok etdi, ularning asosiy qismini yoshlar (146 nafar) va kasb-hunar maktabi bitiruvchilari (70 nafar) tashkil etdi.


 📈Yarmarka natijasida:

🟧69 nafar fuqaro ishga joylashish uchun yoʻllanma oldi,

🟧46 nafar fuqaro ish bilan taʼminlandi,

🟧12 nafari kasbga oʻqitish va qayta tayyorlash kurslariga jalb etildi.

“Dolzarb 90 kun” — bu yoshlarga faqat ish emas, balki oʻz yoʻlini topish, jamiyatdagi oʻrnini anglash va hayotga dadil qadam qoʻyish imkoniyatidir.

Xorazm viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati