Yangiliklar
Yangiliklar
2025-11-07
"Kambag‘allikni
qisqartirish — bu har bir rahbar, har bir tashkilot, har bir fuqaroning umumiy
ishi, umumiy mas’uliyatidir. Bu – bizni birlashtiradigan, harakatga undaydigan,
kelajakni barpo etadigan umummilliy harakatga aylanishi kerak."
— Prezident Shavkat Mirziyoyev.
Bu fikr — siyosiy bayonot emas, bu — og‘ir hayotlar og‘ushida yashayotgan yuz minglab insonlarga yuzlanish, bu — davlatning dardga qarshi javobi.Bugun mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish masalasi shunchaki iqtisodiy reja, statistik ko‘rsatkich emas. Bu — jamiyatning ichki ruhiy iqlimi, xalq bilan davlat orasidagi ishonch rishtasi, har bir farzand kelajagiga bo‘lgan umidning poydevori.
Viloyatimizda ushbu yo‘nalishda aniq mexanizmlar, tizimli ishlar, inson qadriga tayangan yondashuvlar hayotga tatbiq etilmoqda. Har bir xonadon, har bir oilaning holati alohida o‘rganilib, insoniy qiyofa berilgan reyestrlar, yordam emas — imkoniyatlar bilan to‘ldirilmoqda.
Prezident belgilab bergan bu mas'uliyatli vazifani bajarish yo‘lida Xorazm viloyatida muayyan va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Chunki gap, avvalo, inson haqida ketmoqda. Gap — nafaqat uning yashash sharoiti, balki davlat unga qanday nigoh bilan qarayotgani haqida.
Bugungi kunda viloyatda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amaliy bosqichga olib chiqish maqsadida har bir oila, har bir xonadon, har bir yurak bilan alohida ishlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Viloyat bo‘yicha 65 433 ta oila so‘rovnomadan o‘tkazildi. Bu — oddiy statistika emas. Bu — davlat tomonidan "siz borsiz, siz muhim siz", degan mehribonlik ifodasidir. Ana shu o‘zaro ishonchning natijasi o‘laroq, 48 082 ta oila “Kambag‘al oilalar reestri”ga kiritildi.
Bu ro‘yxat endi rasmiy hujjat emas — davlat e’tibori uchun ochilgan derazadir. Reestrdagi o‘z aksini ko‘rgan fuqaro o‘z hayoti uchun mas’uliyatni qayta his qila boshladi. Chunki bu safar unga faqat yordam emas, reja taklif etildi, yo‘l ko‘rsatildi.
Bu oilalarning ichida 81 998 nafar mehnatga layoqatli, ammo ish bilan band bo‘lmagan fuqaro bor edi. Bugungi kunga kelib, 20 146 nafari ish bilan ta’minlandi. Bu degani, har to‘rt kishining biri o‘z oyoqqa turdi. Bu — davlat bergan imkoniyatni qo‘ldan bermagan, ro‘zg‘origa o‘zi egalik qilishga harakat qilayotgan minglab o‘zbek oilalari demakdir.
Joriy yil viloyat bo‘yicha 104 ming nafar aholining kambag‘allikdan chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lsa yanvar-may oylarining o‘zida 14,7 mingta oila (66,9 ming fuqaro)ning daromadlarini oshirishga xizmat qiluvchi 28 mingta ijtimoiy xizmat ko‘rsatildi.
Eng muhimi, yarim yillik rejaning 135 foizga bajarilgani va yillik ko‘rsatkichning 65 foizi amalga oshirilgani dastur viloyatda amaliy natija berayotganini ko‘rsatmoqda. Bu, albatta, hali yo‘lning boshlanishi. Oldinda yana minglab oila, minglab taqdirlar turibdi.
Tizim bor joyda natija bor
Har bir oilaga yondashuv — individual. Har bir reestrda nomi bor fuqaro uchun hokim yordamchisi va ijtimoiy xodimlar tomonidan 286 ming 302 ta aniq xizmat turi belgilab chiqilgan. Endi oilaning o‘zi bilmaydigan muammo ham, davlat uchun yot emas.
48 ming 82 ta oila uch toifaga ajratilgan:
Bu tasnif muammo ustidan hukm chiqarish emas, bu — davlatning har bir taqdirga yondashuv strategiyasidir.
Rahbar — endi xalq orasida
Prezidentning eng keskin pozitsiyalaridan biri — har bir rahbar o‘ziga biriktirilgan oilaning holati uchun shaxsan javobgar bo‘lishi kerak, degan talabi edi.
Bugunga kelib, Xorazm viloyatida 1 023 nafar rahbarga 5 117 ta eng og‘ir ahvoldagi oila biriktirilgan. Ular TOUCH ID tizimi orqali har bir tashrifni ro‘yxatdan o‘tkazmoqda, har bir xizmatni hisobotga aylantirmoqda.
Hokimliklar, sektorlar, idoralar, hatto mahalla faollari bu jarayonning markazida. Bu ishlar yakunida:
Bu xizmatlar quyidagicha yo‘nalishlarga bo‘lingan:
Bu ishlarning ortida — kunlik majburiyat emas, umummilliy javobgarlik turibdi. Har bir rahbar, har bir tashkilot, har bir tizim endi fuqaroning hayotini o‘zgartirish uchun xizmat qilishi kerak. Shundagina Prezident ta’kidlaganidek, bu ishlar “umummilliy harakat”ga aylanadi.
Bizga raqamlar emas, javoblar muhim. Bizga ko‘rsatkichlar emas, turmushi o‘nglangan,
hayotidan rozi insonlar kerak.Biz shuning uchun harakat qilayapmiz.
Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Zafar
Baxromovich Ollakuliyev