Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

ODAM SAVDOSI — ZAMONAVIY QULLIKKA "YO'Q" DEYMIZ !

error

2025-07-11

#Savdolashilmasin_inson_qadr-qimmati!

 ODAM SAVDOSI — ZAMONAVIY QULLIKKA "YO'Q" DEYMIZ !

 Bugun, Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Odam savdosiga qarshi kurash” mavzusida davra suhbati o'tkazildi. 

👥Uchrashuvda "Аdolat" SDP Xorazm viloyati Kengashi faollari,  tezkor jinoiy qidiruv xodimlari va Аyollarni reabilitatsiya qilish hamda moslashtirish Xorazm viloyati hududiy markazi vakili  ishtirok etdi. Tadbirni boshqarma boshlig‘i Z.Ollakuliyev ochib berar ekan, ushbu mavzuda o‘tkazilayotgan targ‘ibot va tushuntirish ishlari jamiyatda huquqiy ong va ogohlikni shakllantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.

 🗣️Suhbat davomida odam savdosining zamonaviy ko‘rinishlari, bu jinoyatning oldini olishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, aholining ogohligini oshirish va jabrlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari atroflicha muhokama qilindi.

 🗂 Ishtirokchilarga amaliy tavsiyalar, huquqiy axborotlar hamda profilaktik materiallar taqdim etildi.

 💡Maqsad - huquqiy ong va hushyorlikni oshirish, odam savdosi jinoyatiga qarshi kurashda hamkorlikni mustahkamlash.

 Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati