Yangiliklar
Yangiliklar
2025-07-15
“DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDA MEHNAT YARMARKALARI O‘TKAZILDI
Prezident tashabbusi bilan yoshlar bandligini ta'minlash, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirish hamda yozgi davrni mazmunli o‘tkazish maqsadida respublika bo‘ylab “Dolzarb 90 kun” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning asosiy yo‘nalishlaridan biri — yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish va doimiy ish o‘rinlari bilan ta'minlashdan iborat.
📍Ushbu tashabbus doirasida Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan bugun Xiva shahri, Yangibozor hamda Qo‘shko‘pir tumanlarida mehnat yarmarkalari tashkil etildi. Fuqarolarga 154 ta korxona-tashkilotlarda mavjud 604 ta bo‘sh ish o‘rni taklif qilindi.
✅Yarmarkalarda 207 nafar fuqaro ishtirok etdi. Ulardan:
⭕️45 nafar ishtirokchiga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi,
⭕️42 nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi,
⭕️10 nafari kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirildi.
📌Mazkur yarmarkalar yoshlarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash orqali ularning hayotga faol integratsiyasini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati