Yangiliklar
Yangiliklar
2025-07-16
#Dolzarb90kun #16iyul #yarmarka
⏫Mehnat yarmarkalari davom etmoqda: yangi imkoniyatlar – har bir yurtdosh uchun
Yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan boshlangan “Dolzarb 90 kun” doirasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
📍2025-yil 16-iyul kuni Urganch shahri, Urganch, Xiva, Xonqa va Yangiariq tumanlarida navbatdagi mehnat yarmarkalari tashkil etildi.
Bu safargi yarmarkalarda:
🔹 Turli sohalarga ixtisoslashgan 230 dan ortiq ish beruvchi tashkilot o‘z ehtiyojlari asosida bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etdi;
🔹 1 035 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etilgan bo‘lsa,
🔹 315 nafar fuqaro, jumladan 199 nafar yoshlar ishtirok etdi;
🔹 59 nafar ishtirokchiga ishga yo‘llanma,
🔹 51 nafar fuqaro to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga joylashtirildi, shulardan 28 nafari yoshlar bo‘ldi;
🔹 Yana 27 nafar ishtirokchi kasbga o‘qitish kurslariga yo‘naltirildi.
✅ Bu kabi yarmarkalar — bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘z o‘rnini topolmay yurgan fuqarolarga real imkoniyat, yoshlarga esa o‘z salohiyatini yuzaga chiqarish yo‘lida muhim hayotiy bosqich bo‘lib xizmat qilmoqda.
🗣Natija – raqamda emas, inson taqdiridadir.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati