Yangiliklar
Yangiliklar
2025-07-17
🎯“Dolzarb 90 kun” – yangi mehnat imkoniyatlari sari yana bir qadam
Prezident tashabbusi bilan boshlangan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida navbatdagi mehnat yarmarkalari bugun Yangibozor, Gurlan, Hazorasp va Qo‘shko‘pir tumanlarida bo‘lib o‘tdi.
📍 Gurlan tumani – 45 ta korxona tomonidan 389 ta ish o‘rni taklif etildi.
48 nafar fuqaro ishtirok etdi, shundan 12 nafari ishga joylashdi.
📍 Qo‘shko‘pir tumani – 49 ta tashkilot 183 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.
61 nafar fuqaro ishtirok etdi, 6 nafari ish topdi.
📍Hazorasp tumani – 43 ta tashkilot tomonidan 297 ta ish o‘rni taqdim etildi.
52 nafar fuqaro tashrif buyurdi, 5 nafari bandlikka erishdi.
📍Yangibozor tumani – 51 ta korxona 280 ta bo‘sh ish o‘rnini taklif qildi.
96 nafar fuqaro ishtirok etdi, 12 nafari ishga joylashdi.
Har bir
raqam – bir taqdir. Har bir yo‘llanma – umid. Har bir ishga joylashgan yosh –
yangi hayotga ilk qadam qo‘ygan inson.
“Dolzarb 90 kun” – bu shunchaki tadbir emas. Bu – bu siyosiy iroda bilan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, e’tibor va ishonchga tayanadigan davlat yondashuvi, ishga joylash, kasb-hunar o'rgatish orqali odamlar hayotini o‘zgartirishga qaratilgan amaliy harakatlardir.
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati