Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Xabar

Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT

error

2025-10-06

RASMIY MUNOSABAT


Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi xodimiga oid mehnat munosabatlari masalasi yuzasidan xabar tarqaldi.


Unda yozilishicha, fuqaro o‘zining mehnat huquqlari buzilganini da’vo qilib, advokat orqali tegishli idoralarga murojaat qilgan.


Shuni ta’kidlash joizki, Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimidagi tarkibiy tuzilma hisoblanadi.


Mehnat qonunchiligiga rioya etilishi bo‘yicha holatni o‘rganish Bandlik tizimi vakolatiga kiruvchi Hududiy mehnat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.


Hozirda ushbu holat yuzasidan dastlabki ma’lumotlar yig‘ilmoqda.


Fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi ta'minlanadi.