Yangiliklar
Yangiliklar
2025-10-08
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Xonqa tumanida yashovchi fuqaro Ollaberganova Guloromning mehnat bandligiga oid murojaati e’lon qilindi.
Mazkur murojaatda fuqaro sog‘lig‘iga mos bo‘lgan ish o‘rni topishda qiyinchiliklar borligi, ayrim mutasaddilar tomonidan befarqlik holatlari kuzatilgani haqida fikr bildirgan.
Shu munosabat bilan ma’lum qilamizki, fuqaroning murojaatida keltirilgan masalalar viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan o‘rganilmoqda.
O‘rganish davomida murojaat muallifiga taklif etilgan ish o‘rinlarining sog‘lig‘iga mosligi, shuningdek, tuman bo‘limi xodimlarining fuqarolar bilan muloqot madaniyati va xizmat odobiga rioya etish holatlari atroflicha tekshiriladi.
Agar qonunbuzilish yoki beparvolik holatlari aniqlansa, mas’ullarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi ta'minlanadi.
Bandlik tizimi nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga mos va munosib ish o‘rinlarini yaratish, ularni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, masofaviy ish shakllarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettiradi.