Yangiliklar
Yangiliklar
2025-10-28
Qisqartirish bahonasida ishdan bo‘shatilgan ona ishiga qaytdi
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 409-moddasiga ko‘ra, 3 yoshga to‘lmagan farzandi bor ayolni qisqartirish bahonasida ishdan bo‘shatish mumkin emas.
🛑 Shunga qaramay, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Xorazm viloyati boshqarmasida ushbu talab buzilib, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor xodim ishdan bo‘shatilgan.
✅ Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida bu holat noqonuniy deb topilib, xodimni ishga tiklash bo‘yicha bajarilishi majburiy yozma ko‘rsatma berilgan.
🟢 Natijada, Pensiya jamg‘armasi boshqarmasi 2025-yil 31-oktabrdagi buyruq bilan xodimni o‘z lavozimiga tikladi.
🏛️ Davlat mehnat inspeksiyasi qat’iy nazoratni davom ettirib, mehnat huquqlari himoyasini ta’minlash, adolatning qaror topishini kafolatlash borasida tizimli ishlarni olib bormoqda.