Yangiliklar
Yangiliklar
2025-10-30
📢 Adolat tiklandi: sobiq mahalla raislariga kompensatsiya to‘lanadi
Qo‘shko‘pir tumanida mahalla fuqarolar yig‘ini raislari lavozimida ishlagan 19 nafar fuqaroning vakolat muddati tugagani sababli mehnat shartnomalari bekor qilingani, biroq ularga foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun kompensatsiya o‘z vaqtida to‘lab berilmagani aniqlandi.
⚖️ Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi aralashuvi bilan masala sud darajasida ko‘rib chiqilib, adolat o‘z ifodasini topdi. Natijada xodimlar manfaatiga xizmat qiluvchi qaror qabul qilindi.
💵 Sud qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi 19 nafar sobiq mahalla raisiga jami 211 million so‘mdan ortiq kompensatsiya to‘lab berishi belgilandi.
✅Inson huquqi va mehnat qadri himoya ostida.
#MehnatInspeksiyasi #MehnatHuquqi
Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va Bandlik boshqarmasi
Sayt materiallaridan foydalanganda,
ushbu saytga xavola ko‘rsatilishi shart
Matnda xatolik topdingizmi? Sichqoncha bilan belgilab, Ctrl+Enter tugmalarini bosing